Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL anonsi. Guruh g‘olibi kim bo‘ladi?
Seshanba kuni Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur uchrashuvlariga start beriladi. Ko‘p jamoalar keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lishiga qaramay, hali ochiq qolgan bir qator savollar mavjud. 6-tur bu savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Tribuna.Uz YeChL uchrashuvlari anonsi bilan tanishtirib o‘tadi.
A guruhi
PSJ – LUDOGOReTs (Toshkent vaqti bilan – 00:45)
Bosh hakam: Tasos Sidiropulos (Gretsiya)
Londonda qo‘lga kiritilgan ikki to‘pli durang so‘nggi tur oldidan parijliklarni guruh g‘olibligi uchun imkoniyatini keskin oshirdi. Istalgan hisobdagi g‘alaba Unai Emeri jamoasini guruhni birinchi o‘rin bilan yakunlashiga sabab bo‘ladi. Bolgariya jamoasi esa 5turdan keyin 2 ochko to‘plagan holda hamon yevrokuboklardan umidini uzgani yo‘q. «Bazel» bilan Yevropa ligasi uchun kurashayotgan «Ludogorets»ni ham keyingi uchrashuvdagi hisob qiziqtirmasligi mumkin. Buning uchun jamoa Parijda g‘alaba qozonsa bo‘ldi. Shveytsariyaliklar g‘alaba qozongan taqdirda ham o‘zaro o‘yinga ko‘ra bolgarlar 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadi.
«PSJ» uchrashuvga juda yomon kayfiyatda yetib kelmoqda. Jamoa Fransiya chempionatining o‘tgan turida «Monpele»ga kutilmaganda yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Endi Emeri peshqadam bilan oradagi to‘rt ochkolik farqni yo‘qotishga bosh qotirishi kerak. «Ludogorets» esa allaqachon Yevromavsumdan boshqa o‘yinlarga bosh qotirmay qo‘ygan.
Mezbonlar tarkibida Marko Verratti maydonga tusha olmaydi. Shuningdek Adriyen Rabo va Xaver Pastoreda ham jarohat mavjudligi bois bu uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi. Bolgariyaliklar tarkibida esa birgina Vitinyada jarohat bor.
BAZeL – ARSeNAL (00:45, Match! Nash sport)
Bosh hakam: Manuel de Souza (Portugaliya)
«Arsenal» keyingi bosqich masalasini hal qilgan bo‘lishiga qaramay 1/8 finalda eng ko‘p duch keladigan muammosi favoritlarga qarshi («Barselona» 1-o‘rinni naqd qilib qo‘ygan, aytgancha) duch kelib qolish xavfi ostida qolmoqda. Londonda g‘alabani qo‘ldan chiqargan Venger shogirdlari endi Shveytsariyada g‘alaba qozonish bilan birga «Parij» ochko yo‘qotishiga umid qilishi kerak. «Bazel»da ham Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun xuddi raqiblaridek vaziyat.
«Arsenal» o‘yinga yaxshi kayfiyatda yetib kelmoqda. Angliya chempionati so‘nggi turida Venger shogirdlari «Vest Hem» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Bazel» esa asosiy raqibi «Yang Boyz»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Andrets Shporar «Bazel» tarkibida jarohat olgan yagona futbolchi bo‘lib turibdi. «Arsenal»da esa har doimgidek bu borada bir «pachka» muammo: Fransis Koklen, Lukas Peres, Santi Kasorla, Ektor Belerin.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026