Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda bir kunlik motam e'lon qilindi
Foto: AFP
Hindiston hukumati Tamilnad shtati rahbari Jayalalita Jayaram vafoti munosabati bilan mamlakatda bir kunlik motam e'lon qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Mashhur siyosiy arbob, sobiq tamil kinosi yulduzi Jayalalita 69 yosh arafasida hayotdan ko‘z yumdi. U joriy yilning 22 sentabridan buyon shifoxonada bo‘lgan. Shifoxonaga keltirilgan vaqtida siyosatchi isitma va holsizlikdan shikoyat qilgan.

Yakshanba kuni Tamilnad rahbarining ahvoli yaxshilangani haqida xabar berilgandi, biroq bir necha soat o‘tgach, u yurak xurujini boshidan o‘tkazgan. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, siyosatchi dushanba kuni hayotdan ko‘z yumgan.
Jayalalitaning xizmatlari sharafiga uning dafn marosimi davlat tomonidan tashkillashtirilishi ma'ulm bo‘ldi. So‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi seshanba kuni Chennaida bo‘lib o‘tadi. Shtab rahbarining dafn marosimida mamlakat prezidenti Pranab Kumar Mukerji va bosh vazir Narendra Modi qatnashishi kutilmoqda.
Yuksak martabali ikki siyosatchi ham Jayalalitaning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirishdi.
Shtatda bir haftalik motam e'lon qilingan bo‘lib, o‘quv muassasalari 3 kunga yopildi.
Manbaga ko‘ra, shtatga yangi rahbar tayinlangan - O. Pannirselvam. U hukumatning boshqa a'zolari bilan birga qasamyod keltirgan.
Pannirselvam bundan avval hukumatda moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026