07:37 / 06.12.2016
9228

Irina Rodnina O‘zbekistondagi saylovlarda o‘zini to‘lqinlantirgan jihatlarga to‘xtaldi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining yurtimizdagi missiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari yuksak saviyada o‘tgani, ularda demokratik tamoyillarga to‘la amal qilinganini ta'kidlab o‘tishdi. Delegatsiya tarkibida Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati, figurali uchish bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni, o‘n karra jahon chempioni Irina Rodnina yurtimizdagi saylovlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

Irina Rodnina O‘zbekiston Prezidenti sayloviga ko‘rilgan tayyorgarlikni "sport tili bilan aytganda 100 foiz" deya baholadi. Sport ustasi saylov jarayonida uni ayol kishi sifatida nimalar to‘lqinlantirganiga to‘xtalib o‘tdi. 

"Ona va bola hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, shuningdek barchaga bo‘lgan ijobiy munosabat meni ayol kishi sifatida juda to‘lqinlantirdi. Ochig‘i, saylov jarayonini kuzatishdan ulkan zavq oldim", - deydi Rodnina. 

 

Top