Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan beri Yevropa yo‘lida O‘rta yer dengizi qurboni bo‘lganlar soniga oydinlik kiritildi
Foto: EPA
4,7 ming muhojir yoki qochqin yil boshidan beri Yevropa sari yo‘lga chiqib, O‘rta yer dengizida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot xabar bermoqda.
U bergan ma'lumotga ko‘ra, 1 yanvardan buyon Yevropaga 351 080 odam yetib borgan. Muhojirlarning asosiy oqimini Gretsiya (172 ming kishi) va Italiya (173 mingdan ziyod) qabul qilgan. 5,4 mingdan ziyod kishi Ispaniya qirg‘oqlariga borib tushgan.
28 noyabrdan 4 dekabrga qadar Gretsiyaga 144 muhojir va qochqin borgan bo‘lsa, ularning soni Italiyada 2272 nafarni tashkil etadi. Gretsiyaga borganlarning asosiy guruhini suriyaliklar, afg‘onlar va pokistonliklar, Italiyaga borganlarinikini esa nigeriyaliklar, eritreyaliklar va gvineyaliklar tashkil etadi.
Yil boshidan beri 4715 kishi dengizda halok bo‘lgan yoki bedarak ketgan. Eng ko‘p qurbonlar Shimoliy Afrikadan Italiya yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanganlarda kuzatilgan (4223 kishi). Turkiyadan Gretsiyaga harakatlanganlardan 429 nafar, Shimoliy Afrikadan Ispaniyaga borayotganlardan 63 nafar muhojir va qochqin yarim yo‘lda nobud bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:35 / 25.12.2025
Tergov sabab Italiya bosh vaziri sotishga bergan rasmiy sovg‘alarini auksiondan qaytarib oldi
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
14:24 / 06.12.2025
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
13:24 / 01.12.2025