Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi toshqin sabab 14 kishi halok bo‘ldi
Tailandning janubiy provinsiyalarida so‘nggi hafta mobaynida sodir bo‘lgan toshqinlar 14 kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda qirollikning ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. Avvalroq qurbonlar soni 11 kishi ekanligi aytilgan edi.
IIV ma'lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat 600 mingga yaqin aholi yashaydigan tumanlarga yopirilgan. 11ta provinsiyadagi 100ga yaqin ma'muriy markazlarda favqulodda holat e'lon qilingan. Ular orasida sayyohlik yo‘nalishida mashhur bo‘lgan Samui va Pxangan orollari ham bor. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Samaui orolida Tailanddagi eng hashamatli kurortlar joylashgan bo‘lib, ayni damda u yerni suv bosgan, ayrim joylarda elektr ta'minoti uzilgan, avtoulovlar harakati to‘xtatilgan.
5 dekabr kuni tabiiy ofat oqibatida Tailandning janubi bilan bog‘lab turuvchi temir yo‘l harakati ishdan chiqqan. Nakxonsitxammarat provinsiyasiga olib boruvchi yo‘l suv ostida qolgan.
Mavzuga oid
09:40 / 03.07.2026
Pxuketda ikki o‘zbekistonlik ushlandi
10:54 / 26.06.2026
Tog‘li va tog‘oldi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
16:56 / 03.06.2026