Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevga tabrik telegrammasini yubordi.
Erdo‘g‘an tabriknomada Shavkat Mirziyoyevni 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janob Prezident, qadrli qardoshim!
O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda o‘tkazilgan Prezident saylovi natijasida Prezidentlik lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan xalqim va shaxsan o‘z nomimdan chin ko‘ngildan muborakbod etaman.
Do‘st va qardosh o‘zbek xalqining irodasi namoyon bo‘lgan ushbu saylovning xotirjam va ishonchli muhitda o‘tganidan bag‘oyat mamnun bo‘lganimni bildirmoqchiman.
Ikki tomonlama aloqalarimizni rivojlantirish borasida biz tashlaydigan mushtarak odimlar orqali hamkorligimizni qardosh xalqlarimizning manfaatiga xizmat qiladigan yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonchim komil. 2016 yil 18 noyabr kuni Samarqandga tashrifim xalqlarimiz o‘rtasida moziydan bugungacha yetib kelgan rishtalardan kuch oluvchi hamda o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida rivojlanayotgan aloqalarimizni jonlashtirishi aniq. Fursatdan foydalanib, Samarqand shahrida menga va delegatsiyamizga ko‘rsatilgan e'tibor va mehmondo‘stlik uchun tashakkur aytmoqchiman.
Qardoshlik munosabatlarimizda yangi sahifa bo‘lishi uchun Siz Janobi Oliylarini rasmiy tashrif bilan davlatimizga mehmonga kelishingizdan va men go‘zal yurtingizga yana bir bor tashrif buyurishdan bag‘oyat baxtiyor bo‘lishimni izhor etaman.
Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va muvaffaqiyat, qardosh o‘zbek xalqiga tinchlik, farovonlik va omonlik tilab qolaman.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an,
Turkiya Prezidenti
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024