Kuni-keça mustaqil Özbekistonning ikkinçi prezidenti saylandi. 4 dekabrda bölib ötgan prezident saylovida özbek xalqi öz xohiş-irodasini ifoda etib, davlatning yangi rahbarini sayladi.
Bu kungaça bölib ötgan tarixda Özbekistonda kimlar rahbar bölganidan xabardormisiz? Kun.uz tomonidan tayyorlangan maxsus maqola sizga ana şunday ma'lumotlarni taqdim etadi.
1. Fayzulla Ubaydullayeviç Xöjayev (1896-1938)
Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidçiligining faol iştirokçisi, "Yoş buxoroliklar” partiyasining rahbarlaridan biri. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Nozirlar Kengaşi raisi.
Özbekiston SSR nomidan SSSR Markaziy Ijroya Qömitasi Raisi (1925-1937), Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Xalq Nozirlar Kengaşi Raisi (1920-1924), Özbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti Raisi (1924-1937).
2. Akmal Ikromoviç Ikromov (1898-1938)
Davlat va siyosat arbobi. Özbekiston hukumat rahbarlaridan biri. Özbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasining Boş kotibi (1929-1937).
3. Yöldoş Oxunboboyeviç Oxunboboyev (1885-1943)
Davlat va jamoat arbobi. Marğilondagi paxta tozalaş zavodida işçi (1901-04), Özganda batraklik qilgan (1904-14). 1916 yil xalq qözğoloni qatnaşçisi. 1917 yil Oktyabr töntarişidan keyin Marğilon atrofida taşkil qilingan dastlabki qişloq şörosi, Marğilon uyezdidagi «Qöşçi» ittifoqi raisi (1919-21). Özbekiston SSR MIK raisi (1925- 38), Özbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938- 43).
4. Usmon Yusupoviç Yusupov (1900-1966).
Davlat va siyosat arbobi. Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Qömitasi Boş Kotibi (1937-1950), Özbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisi (1953-1954), SSSR Paxtaçilik vaziri (1950-1953), Özbekiston SSR Oliy Soveti Raisi (1938-?), Özbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953—1954).
5. Amin Ermatoviç Niyozov (1903-1973)
Davlat va siyosat arbobi. Özbekistonda xizmat körsatgan binokor (1973). 1920-30 yillarda sovet organlarida işladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida öqidi (1930-34). 1940 yil Özbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy Kengaşining quriliş bölimi mudiri. 1940-46 yillarda respublika Moliya xalq komissari, 1946-47 yillarda Özbekiston Ministrlar Soveti raisi örinbosari. 1947-50 yillarda Özbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950-55 yillarda Özbekiston Kommunistlar partiyasi Markaziy kengaşining II kotibi. Özbekiston Kommunal xöjalik ministri, Ministrlar Soveti Gaz va kommunal xöjalik Boş boşqarmasining boşliği (1956-60).
















