Bloomberg agentligi pessimistlar uchun 2017 yil qo‘llanmasini e'lon qildi

Foto: bloomberg.com
«2016 yilda Donald Tramp va Brexit dunyoning katta qismini shok holatga keltirdi. Biroq, Bloomberg agentligining o‘tgan yilgi «pessimistlar qo‘llanmasi»ni o‘qiganlar xotirjam qolishdi», — deb ta'kidlaydi agentlik o‘tgan yilgi qo‘llanmasiga ishora qilgan holda.
Mualliflar o‘quvchilar e'tiborini 2017 yilda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarga qaratadi va ular yangiliklar dasturlarida qaytarzda yoritilishidan ogohlantiradi.
Undagi birinchi ssenariy «Tramplandiya» deb nomlangan. Mualliflarning fikricha, Donald Trampning AQSh saylovlaridagi g‘alabasi ommaviy norozilik namoyishlariga olib keladi. Buning oqibatida Kaliforniyaning AQSh tarkibidan chiqish bo‘yicha harakat («Calexit») kuchayadi. Milliarderlar Ilon Mask va Sheril Sandberg 2020 yilda Trampga qarshi progressiv alyansga yetakchilik qiladi.
«Yalta 2.0» deb nomlangan ikkinchi ssenariyga ko‘ra, AQSh va Rossiyaning siyosati GFR kansleri Angela Merkelni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. U Yevropa harbiy qudratini kuchaytirish yoki Rossiyaning Sharqiy Yevropadagi ta'siri borasida kelishuvga erishishdan birini tanlashga majbur bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, Rossiya SSSR parchalanganidan so‘ng 26 yil o‘tgach, jahon maydonida o‘z obro‘sini tiklab olishga muvaffaq bo‘ladi.
Fransiyada «Miliy front» muxolif partiyasi yetakchisi Marin Le Pen davlat rahbari bo‘lib qolishi mumkin. U esa beshinchi respublikani Britaniyadan o‘rnak olgan holda YeI tarkibidan olib chiqishi ehtimol.
Shuningdek, AQSh va Xitoyning iqtisodiy urushlari natijasida XXR iqtisodiyoti chuqur turg‘unlik davrini boshidan kechiradi. Kuba esa o‘zining eski qadrdonlari Rossiya va Xitoy bilan ittifoqchilikni rivojlantirishga e'tibor qaratadi.
O‘tgan yili dekabr oyida Bloomberg 2016 yildagi «qora qush»larni taxmin qilgan edi. Ular orasida, Trampning g‘alabasi AQShda iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lishi, Eron va Rossiya xakerlari Qo‘shma Shtatlar moliya tizimini vayron qilishi, migratsiya muammosi YeI parchalanishiga asos bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

15:53 / 27.06.2025
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi

14:19 / 27.06.2025
AQSh va Xitoy savdo bitimini imzoladi

20:38 / 26.06.2025
Xitoylik olimlar infeksiyalarni davolovchi mikrorobot yaratdi

18:51 / 26.06.2025