Xitoy qayta işlatiladigan raketalar sohasida AQŞning mutlaq ustunligiga barham berişni niyat qilgan. Şu maqsadda 10 iyul kuni ötkazilgan dengiz platformasiga örnatilgan maxsus tör yordamida raketani tutib oliş eksperimental tizimini muvaffaqiyatli yakunlandi.
Eksperimental sinov
Xitoy raketa taşuvçilar texnologiyasi akademiyasi tomonidan işlab çiqarilgan «Long March 10B» raketasi 10 iyul kuni Xaynan tijoriy kosmik parvozlar maydonçasidan havoga kötarilgan. Raketaning busteri – pastki tezlatgiç bosqiçi yuqori qismdan ajralganidan taxminan olti daqiqa ötib, vertikal holatda ortga qaytdi va dengiz platformasida muvaffaqiyatli tutib olingan.
A historic day in China's space history. China’s first successful rocket recovery! pic.twitter.com/ZTqHQldFWv
— Li Zexin 李泽欣 (@XH_Lee23) July 10, 2026
Reutersʼning yozişiça, uşbu sinov Xitoy tarixida orbital toifadagi raketaning ilk bor muvaffaqiyatli qaytarib olinişi hisoblanadi. Bu bilan Xitoy töliq qayta işlatiladigan raketalar yaratiş maqsadiga yanada yaqinlaşmoqda.
Xitoy davlat teleradiokompaniyasi xabarga köra, raketa juma kungi parvoz davomida sun’iy yöldoşni belgilangan orbitaga ham muvaffaqiyatli çiqargan.
Xitoyning 2030 yilgaça Oyga odam uçiriş missiyasi uçun işlab çiqilayotgan dasturning bir qismi ölaroq, «Long March 10B» raketasi keng kölamli Oy dasturi uçun zaruriy ma’lumotlarni taqdim etişi va tegişli texnologiyalarni sinovdan ötkazib berişi kutilmoqda.

Xitoy şu yilning oxirigaça «Long March 10B» raketasining aynan şu qaytarib olingan busteridan yana bir bor parvozda foydalanişni rejalaştirmoqda.
Bu xuşxabar ortidan Xitoy aerokosmik kompaniyalarining aksiyalari keskin kötarilib ketdi. Xususan, China Spacesat va China Satellite Communications kompaniyalari aksiyalari kunlik ruxsat etilgan maksimal ösiş çegarasiga yetdi.
Falcon 9 bilan farq nimada?
«Long March 10B» raketasi köp jihatdan SpaceX kompaniyasining dunyoda eng köp işlatiladigan örta vaznli Falcon 9 raketasiga öxşatiladi.
U Xitoyning asosiy davlat raketa işlab çiqaruvçisi — Xitoy raketa taşuvçilar texnologiyasi akademiyasi (CALT) tomonidan tijoriy kosmik parvozlar uçun işlab çiqilgan.
«Long March 10B» Yerning past orbitasiga kamida 16 metrik tonna foydali yuk olib çiqişga qodir. 61 metrli raketaning birinçi bosqiçidagi dvigatellar suyuq kislorod va kerosin, yuqori bosqiç dvigateli esa suyuq kislorod va metan bilan işlaydi.
Biroq, Falcon 9 raketasidan farqli ölaroq, «Long March 10B» quruqlikdagi maydonçaga yoki dengizdagi maxsus kemaga özining oçiladigan tayanç «oyoqlari» yordamida mustaqil ravişda qönmaydi. Buning örniga u dengiz platformasidagi törni ilib oliş uçun törtta maxsus «qöniş ilgagi»dan foydalanadi.
Quyidagi videoda AQŞ va Xitoy kompaniyalarida raketa pastki qismini tutib qoliş uslublaridagi farq körsatilgan.
Qué gran momento para ser un espaciotrastornado!
— Space Nøsey (@SpaceNosey) July 10, 2026
Tres cohetes recuperables, tres metodos distintos. pic.twitter.com/Yjjgyivz0H
«Törga asoslangan tutib oliş tizimi raketaning içki tuzilişini soddalaştirişga, uning oğirligini kamaytirişga va mos ravişda foydali yuk kötariş quvvatini oşirişga xizmat qiladi. Şuningdek, bu tizim qöniş nuqtasidan biroz çetga çiqiş holatlariga ham juda moslaşuvçan. Çunki bir-biri bilan muvofiqlaştirilgan törlar tizimi raketani tutib oliş maydonini samarali ravişda kengaytira oladi», deya tuşuntirdi kompaniya eksperti Çen Muyye.
Global kosmik poyga
Ma’lumot uçun, SpaceX kompaniyasi ilk bor 2015 yil dekabr oyida orbital parvozdan söng Falcon 9 raketasini muvaffaqiyatli qöndirgan edi. Oradan yillar ötib, 2025 yil noyabrida Blue Origin kompaniyasi ham özining New Glenn raketasi bilan buni takrorladi.

Hozirgi vaqtda SpaceX yiliga 150 martaga yaqin – haftasiga taxminan 3 marta Falcon 9 raketasini uçirmoqda. Şuningdek, ular ehtiyojga qarab raketaning busterini önlab marta qayta işlatadi. Qimmatbaho dvigatellar bilan jihozlangan uşbu buster raketaning eng qimmat va qadrli qismi hisoblanadi.
Naşrning yozişiça, Xitoy qayta işlatiladigan raketa texnologiyalarini rivojlantiriş uçun qariyb ön yil vaqt sarfladi. Barçasi dastlabki past balandlikdagi muvozanat sinovlaridan boşlanib, sönggi yillarda orbital busterlarni qaytarib oliş urinişlarigaça yetib keldi.
Bunday tizimning joriy etilişi Xitoyning şiddat bilan kengayib borayotgan tijoriy sun’iy yöldoş guruhlarini uçiriş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Kuçli global raqobat muhitida Xitoyning xususiy firmalari ham qayta işlatiladigan raketalarni sinovdan ötkaziş çoralarini körmoqda. Hukumat esa uşbu sohadagi kompaniyalarga mablağ yiğişda yordam beriş uçun – aksiyalarni birjada birlamçi joylaştiriş (IPO) qoidalarini yumşatdi.
Juma kungi sinov katta buriliş bölsa-da, Xitoy hukumati raketadagi har qanday muammolarni aniqlaş va hal qiliş uçun yana köplab sinov parvozlarini ötkazişi kerak. Şundan keyingina u SpaceX bilan tengma-teng raqobatlaşişga umid qilişi mumkin.












