Jahon | 17:52
997
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi

Davlat rahbari Xitoy janubida keng ko‘lamli suv toshqinlari va Futszyan provinsiyasidagi kuchli yong‘inda halok bo‘lganlar oilasiga sabr-toqat tiladi.

Foto: Zheng Liang/Xinhua via AP

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy raisi Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi.

Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

9 iyul kuni «Maysak» tropik bo‘roni Xitoy janubida keng ko‘lamli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Guansi shahrida bir nechta suv omborlari yorildi, aholi punktlari suv ostida qoldi, 130 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 39 kishi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.

10 iyul kuni Futszyan provinsiyasi, Sinszyan shahridagi Huiteng poyabzal fabrikasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in vaqtida binoda 239 kishi bo‘lgan. 213 kishi qutqarildi, ammo 28 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, korxona rahbariyati hibsga olingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid