Sport | 20:42 / 07.12.2016
19363
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi Ronaldu ham, Messi ham emasligi ma'lum bo‘ldi

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldu emasligi aniq bo‘ldi.

Futbolga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qilish bilan shug‘ullanadigan Football Leaks portali e'lon qilgan hujjatga ko‘ra, Argentina terma jamoasi va Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» jamoasi futbolchisi Ezekiel Lavessi oladigan haftalik maosh 577 ming yevro, yoki yillik 30 million yevroni tashkil qilishi aniqlangan. 

Bu 31 yoshli futbolchi dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi sanalishini ko‘rsatadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid