Google to‘liq tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tmoqchi
Google kompaniyasi yaqin orada o‘zining barcha ofislari va ma'lumotlarni qayta ishlash markazlarini tiklanuvchi manbalardan olinadigan energiyada ishlashga o‘tkazmoqchi.
Kompaniya 6 yil avvaloq "yashil" energiya olish bo‘yicha shartnomalar tuza boshlagan. Gap quyosh va shamol stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasidan foydalanish haqida ketmoqda.
Ayni vaqtda Google tiklanuvchi manbalardan olinuvchi energiyaning eng katta iste'molchisi hisoblanadi. Kompaniya bunday energiyani olish bo‘yicha 20 ga yaqin loyihalarda ishtirok etadi.
Taxmin qilinishicha, keyingi yil oxirigacha internet gigantning 100 foiz ofislari va axborot markazlari shamol va quyosh energiyasiga o‘tkaziladi. Google bunday energiyaning yetkazib berilishi bo‘yicha kelishuvlarni tuzib, quyosh va shamol stansiyalari operatorlarini barqaror daromad bilan ta'minlaydi, bu esa ularga o‘z quvvatlarini oshirishga imkon beradi.
Bundan tashqari, Google o‘z axborotni qayta ishlash markazlarida ilg‘or energiya tejovchi yechimlarni tatbiq qilmoqda, bu esa energiyaga xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Mavzuga oid
22:19 / 14.11.2024
Googleʼning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi
23:48 / 06.11.2024
Android 16 operatsion tizimi har doimgidan ertaroq chiqariladi
22:10 / 03.11.2024
Google tasodifan Ukrainadagi harbiy obektlarning xaritalarini oshkor qildi
20:32 / 30.10.2024