Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Hamburgda YeXHT tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etadi
2016 yilning 7 dekabr kuni Hamburg shahrida (Germaniya) Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti xabar bergan.
Avval Samarqand va Vashington shaharlarida bo‘lib o‘tgan «S5+1» vazirliklararo uchrashuvlarining davomi sifatida siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Markaziy Osiyo Tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri mazkur shakldagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
10:23 / 16.01.2026