Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri: Populizm sabab ishdan ayrilganman
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron iste'fodan so‘ng ilk rasmiy nutq bilan chiqish qildi. Unda siyosatchi Brexit va yevro borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, referendum masalasida afsuslanmasligini aytib o‘tdi, deb yozadi The Guardian.
Amerikaning Indiana shtatidagi DePau universiteti talabalari bilan uchrashuvda sobiq bosh vazir “populizm sabab ishdan ayrilganini” ma'lum qildi. Kemeron referendum o‘tkazish borasidagi o‘z qarorini qattiq himoya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Britaniya siyosatini so‘nggi 40 yil davomida “zaharlab” kelgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, boshqa Yevropa davlatlarining Buyuk Britaniya izidan borishi dargumon va yevroning bo‘lajak holati jiddiy tashvish keltirishi mumkin.
“U (valyuta) yana qancha muddat bardosh bera olishini bilmayman”, - deya Kemeronning so‘zlarini keltiradi Daily Mail nashri.
Uning aytishicha, yevroni kelajakda juda katta muammolar kutib turibdi. Kemeronning fikricha, yevro “oldindan rejalashtirilgandek ishlamayapti”.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026