200 yillik tadqiqot nihoyat natija berdi

Foto: Getty Images
Barchaga ma'lumki, suv elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. Shu bois elektrik jihozlarni suv manbalari yaqinida qo‘llash va momaqaldiroq paytida suvda suzish tavsiya qilinmaydi. Biroq bu qoidaning oddiyligiga qaramay, hali-hanuz hech kim qanday qilib suv molekulalari mazkur jarayon vaqtida protonlarni uzatishini aniq izohlab bera olmagan. Science jurnali shu mavzuda so‘z yuritdi.
Yyel universitetining tadqiqotchilar guruhi kimyo fanlari professori Mark Jonson rahbarligi ostida birinchi marta spektroskopik tahlil yordamida elektronlarni uzatish jarayonini muhrlashning uddasidan chiqdi. Jarayonning o‘zi "Grotgus mexanizmi" (nemis kimyogari Teodor fon Grotgus) nomini olgan va u 200 yildan ziyod vaqtdan beri olimlarni o‘ylantirib keladi.
"Ushbu fundamental kimyoviy va biologik jarayon aniq izohlarga ega bo‘lmagan", - deydi Vashington universiteti tadqiqotchisi Enni Makkoy.
Suv kimyosini molekulyar darajada o‘rganish yillari oxir-oqibat kerakli kashfiyotga olib keldi. Tadqiqot doirasida olimlar suv molekulalarini aynan tok uzatilayotgan paytda muzlatishga muvaffaq bo‘lishdi va bu ularga Grotgus mexanizmi doirasida ro‘y berayotgan tuzilmaviy o‘zgarishlarni batafsil o‘rganish imkonini berdi.
Uzoq yillar aynan shu tasvir ushbu jarayonning qanday sodir bo‘lishi haqidagi tasavvurlarimizni aks ettirardi. Olimlar bu mexanizmning amalda qanday bo‘lishini anglasalar-da, bunga o‘z ko‘zlari bilan ishonch hosil qilishmagan.
Manbaga ko‘ra, tadqiqot natijalari inqilobiy ahamiyatga ega. So‘nggi 200 yilda suv molekulalaridan elektr toki o‘tayotgan paytdagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni kuzatishning tajriba usulini topishga harakat qilishgan. Ushbu vazifa juda qiyin bo‘lib chiqdi. Olimlar oxirgi paytlarda jarayon monitoringini infraqizil skanerlash orqali amalga oshirishga ham urinib ko‘rishgan. Natijalar juda sifatsiz chiqqan, shu bois bu borada aniq ma'lumot olinmagan.
Biroq olimlarning muzlatish g‘oyasi misli kutilmagan ijobiy natijalarni berdi.
Bundan tashqari, olimlar o‘z kashfiyotlarida qo‘llagan texnika ham qaysidir ma'noda inqilobiy hisoblanadi. U bizga suvning boshqa xususiyatlari haqida bilib olishda ham yordam beradi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42
Mavzuga oid

21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi

10:06 / 04.04.2025
O‘zbekistonda suv resurslari taqchilligi: muammolar va yechimlar

10:23 / 19.03.2025
715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suv yetib boradi

12:23 / 12.03.2025