Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekistonda yiliga 7 milliard kub metr suv yetishmovchiligi kuzatiladi, bu ayni paytdagi hajmning 25 foizi deganidir. 2050-yilga borib esa mazkur ko‘rsatkich ikki barobar oshadi, ya’ni suv taqchilligi 15 milliard kub metrga yetadi. Tabiiyki, suv resurslarining tobora oshib borayotgan taqchilligi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Aslida, O‘zbekiston suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda katta zaxiralarga ega. Suvning asosiy iste’molchisi qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘lib, unda samarasiz hisoblanadigan an’anaviy «jo‘yakli» sug‘orish usuli hanuzgacha keng qo‘llanadi. Bundan tashqari, ekinlarni sug‘orishda foydalaniladigan suv resurslarining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i tabiiy qoplamali irrigatsiya tarmoqlarida yo‘qotiladi. Shu bois, samarali suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va irrigatsiya tarmoqlarida suv isrof bo‘lishini keskin kamaytirish yaqin kelajakda kutilayotgan suv taqchilligi muammosining yagona yechimidir.

Asosiy muammolar: yerosti suvlari kamayishi, iqlim o‘zgarishi va Qo‘shtepa kanali

O‘zbekistonning yerusti suv resurslari tanqis hududlarida bog‘bonlar va sabzavot yetishtiruvchilar plantatsiyalarni sug‘orish uchun artezian gorizontlaridan, ya’ni 5-10 metrdan 200 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdan suv olishadi. Artezian suvlari eng muhim foydali qazilmalar sirasiga kiradi va ushbu «oltin zaxira»dan ortiqcha foydalanish ichimlik suvi taqchilligiga olib kelishi aniq.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, mamlakatning yetti viloyatida yerosti suvlari sathi pasayishi kuzatilgan: Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlarida yerosti suvlari sathi 5 metrgacha pasaygan. Natijada, 2023 yilning sentabrida yerosti suvlari sathi pasayib borayotgan 23 tumanda quduqlarni burg‘ulashga nisbatan moratoriy joriy etildi.

Suv masalasida O‘zbekistonning transchegaraviy qaramlik darajasi juda yuqori – mamlakat suv resurslarining atigi 20 foizi o‘zimizda, qolgan katta qismi esa qo‘shni davlatlarda shaklllanadi. Mamlakat tashqarisidan kirib keladigan ikki asosiy daryo — Sirdaryo va Amudaryolarni suv bilan ta’minlovchi muzliklar qisqarishi ushbu daryolardagi suv hajmining kamayishiga olib kelmoqda. Zero, so‘nggi 50 yil ichida iqlim va antropogen o‘zgarishlar tufayli Sirdaryo va Amudaryodagi suv hajmi 20 foizga