Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Oktyabrdan aprelgacha O‘zbekiston Qozog‘istonga avval rejalashtirilganidan 1,7 milliard kub metr ko‘proq suv jo‘natdi.

Foto: inbusiness.kz
2024 yil oktabr oyidan buyon O‘zbekiston Qozog‘istonga 12,6 milliard kub metr suv jo‘natgan. Bu Qozog‘istonning janubiy viloyatlari dehqonlariga dalalarni sug‘orish uchun kerak bo‘ladi.
Oktyabrdan aprelgacha O‘zbekiston Qozog‘istonga avval rejalashtirilganidan 1,7 milliard kub metr ko‘proq suv jo‘natgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Nurjan Nurjigitov Samarqandda bo‘lib o‘tgan forumda ma’lum qildi.
«Ushbu suv Qozog‘istonning janubiy viloyatlari fermerlarini sug‘orish davrida ta’minlash uchun ishlatiladi. Transchegaraviy suvlarni taqsimlash va boshqarish butun Markaziy Osiyo bo‘ylab suv xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega», deb ta’kidladi rasmiy.
U mamlakatlarni suv tanqisligining oldini olish uchun hamkorlik qilishga chaqirdi. Avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston 2024 yil oktyabridan 2025 yil oktyabrigacha Qozog‘istonga 16 milliard kub metrdan ortiq suv jo‘natish bo‘yicha kelishib olgan edi.
«Shimoliy Orol dengiziga qariyb 1,8 milliard kub metr suv quyilgan. Bu avval prognoz qilinganidan 120 million kub metrga ko‘pdir. Qozog‘istonga 490 million kub metr suv Do‘stlik davlatlararo kanali orqali yetib keldi», deb xabar berdi Suv xo‘jaligi vazirligi.
Qozog‘istonning janubiy viloyatlari deyarli butunlay Qirg‘iziston va O‘zbekistondan yetkaziladigan suvga bog‘liq. Suvning 60 foizi har doim qishloq xo‘jaligiga sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda

18:30 / 15.05.2025
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

19:10 / 13.05.2025