"Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma’lum qilişiça, tomonlar ikki mamlakat suğoriş tizimlarini modernizatsiya qiliş masalasini muhokama qilib, vegetatsiya davriga qadar birgalikda ta’mirlaş işlarini olib borişga kelişib olgan.

"10 yanvar holatiga köra, Qirğiziston va Özbekiston tomonidan yuborilgan 2 milliard kub metrdan ortiq suv Çordara suv omboriga kelib tuşgan. Öz navbatida, bu suv Şimoliy Orol va Qozoğistonning Qizilörda viloyatidagi köllariga tuşgan", – deb yozgan agentlik.

Qayd etilişiça, Qozoğiston delegatsiyasi vakillari Özbekiston tomoniga mazkur mamlakat davlat organlari bilan kelişilgan suv taqsimoti töğrisidagi bitim loyihasini topşirgan.