Texnologiya | 19:28 / 10.12.2016
4750
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada mutlaq yangi Honda S2000 sotildi

Foto: motor.ru

Yaponiyaning Honda kompaniyasining Avstraliyadagi dileri S2000 rodsterining mutlaq yangi nusxasini sotdi. Uni ishlab chiqarish 2009 yilda to‘xtatilgan edi. CarAdvice nashrining xabariga ko‘ra, umuman yurmagan avtomobil Yangi Janubiy Uelsda topilgan. 

Janubi-sharqiy shtatdagi dilerlik markazi 2007 yilda ishlab chiqarilgan ko‘rgazma modelini sotgan. Shunday qilib, avtomobil o‘n yilga yaqin ko‘rgazma xonasida bo‘lgan. Rodster hajmi 2 litr, to‘rt silindrli motorga ega. U 237 ot kuchi bilan ta'minlay oladi. Avtomobil haqida boshqa tafsilotlar berilmagan. 

Shuningdek, S2000 qancha to‘langani ham xabar qilinmagan. Ammo, qiyoslash uchun aytilishicha, 2008 yilda ushbu avtomobil 75 ming Avstraliya dollari (55 ming AQSh dollari)ga sotilgan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid