Jahon | 23:28 / 10.12.2016
5630
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda aviazarba oqibatida 90 harbiy halok bo‘lgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya xato tufayli berilgan zarba oqibatida 90 harbiy halok bo‘lgani haqida arab nashrlari tomonidan tarqatilgan ma'lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda RIA Novosti xabart tarqatdi.

«Bizda bunday ma'lumot yo‘q», — degan koalitsiya vakili.

O‘z navbatida Mo‘sulni olish uchun harbiy harakatlarni davom ettirayotgan Iroq armiyasi ham AQSh aviatsiyasi tomonidan o‘z harbiylariga bunday zarbalar berilgani haqidagi xabarni inkor qilgandi.

Iroqlik harbiylar AQSh tomonidan jangarilarga qarshi kurashda katta yordam ko‘rsatilayotgani haqida aytishgan va jurnalistlardan ishonchli manbalarga tayanishni so‘rashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid