Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada NATO aloqa byurosi ochilishi tasdiqlandi
Moldova parlamenti juma kuni Kishinyovda NATOning aloqa byurosini ochish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Mazkur kelishuv Bryusselda mamlakat bosh vaziri Pavel Filip hamda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg tomonidan imzolangan. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
Moldovaning 59 nafar deputati mazkur hujjatni yoqlab ovoz bergan. Muxolifat fraksiyalar qonunchilari - sotsialistlar va kommunistlar bunga qarshi chiqishgan. Qonun loyihasi eslatmasiga ko‘ra, "NATOning aloqa byurosi hamkorlik dasturlarining barchasida Moldova ishtirokini rag‘batlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi".
"Moldova NATO bilan ko‘p sohalarda siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikni davom ettirish tarafdori. Bu Moldova havfsizlik va mudofaa sektori islohoti, yangi tahdidlarga, jumladan kiberxavfsizlikka qarshi kurashish, qurolli kuchlarni isloh qilish va modernizatsiyalashtirish", - deya ta'kidlangan hujjat matnida.
Moldovaning yangi saylangan prezidenti Igor Dodon Kishinyovda NATO idorasi ochilishiga doir kelishuvni tanqid ostiga olgan va "respublikaga harbiy bloklarni kiritish borasidagi har qanday urinishlarga qarshi ekanligi"ni ta'kidlagan.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026