Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Latviyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi
Latviya poytaxti Riga shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Riga Open 2016 xalqaro turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Gruziya, Isroil, Rossiya, Ukraina, Belarus, Armaniston va mezbon Latviya vakillariga qarshi bahslar yakunida o‘zbekistonlik bokschilar 4ta oltin va bitta kumushga ega chiqib, umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Dastlabki final bahsida 64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov rossiyalik Anatoliy Zirnov ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 56 kg vaznda Abdulxay Sharahmatov mezbon jamoa vakili Nikita Androshchuksni mag‘lub etdi.
52 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Sirojiddin G‘ulomjonov isroillik raqibi David Alaverdianga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Yana ikki vazn toifasidagi janglar ham O‘zbekiston vakillari foydasiga hal bo‘lib, ular ham shohsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy olishdi.
75 kg vazn toifasida Mahmud Gaipov belaruslik Ilyas Adzinevni yengdi, superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov latviyalik Evandres Servutsni taslim etdi.
Turnirning “eng yaxshi bokschisi” uchun sovrini Elnur Abduraimovga topshirilgan.
Mavzuga oid
08:58 / 29.05.2026
Latviyada yangi hukumat ish boshladi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
08:48 / 11.05.2026
Latviya mudofaa vaziri dronlar mojarosidan keyin iste’foga chiqdi
18:18 / 10.05.2026