Jahon | 13:46 / 11.12.2016
4766
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni neft qazib olish ko‘rsatkichini pasaytiradi

Foto: FP 2016/ Saul Loeb

Saudiya Arabistoni yanvar oyidan boshlab neft qazib olish ko‘rsatkichini pasaytiradi va yakunda 30 noyabrdagi kelishuvda qayd etilgan darajadan tushib ketishi mumkin. Ammo bu ehtimoliy holat, deb aytgan mamlakat energetika vaziri Holid al Folih.

“Men butun tafsilotlarini bayon qilgan holda shuni aytib o‘tmoqchimanki, biz keyingi yilning yanvar oyidan boshlab neft qazib olish sur'atini pasaytiramiz”, dedi al Folih.

Vazirning aniqlik kiritishicha, OPeKda neft qazib olish borasidagi kelishuv mas'uliyatini zimmasiga oladigan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni bu vazifani aniq amalga oshiradi. Balki ko‘rsatkichni undan ham ko‘p pasaytirib yuborar, ammo bu kafolatlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid