Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘on armiyasi mamlakat sharqida “Tolibon” hujumiga uchradi
Afg‘on armiyasi mamlakat sharqida joylashgan Gazni provinsiyasida “Tolibon” radikal harakati hujumiga uchradi.
Bu haqda mamlakat harbiylari ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi ma'lum qilmoqda.
“Hujum tongda boshlandi. Qurollangan bir qancha jangarilar Mukur tumanida joylashgan “Muhammad Kli” va “Regrashan” nazorat punktlariga hujum qildi, - degan afg‘on armiyasi vakillaridan biri Hanif Rizoiy.
Uning ma'lum qilishicha, ikki soat davom etgan otishmada Afg‘oniston armiyasining bir askari halok bo‘lgan, ikki nafari yaralangan. Shuningdek, sakkiz nafar jangari yo‘q qilingan va 12 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026