10:18 / 12.12.2016
5445

Tailand qiroli taxtga ko‘tarilishi munosabati bilan amnistiya e'lon qildi

Tailandda qirol Maxa Vachiralongkornning (Rama X) taxtga ko‘tarilishi munosabati bilan keng qamrovli amnistiya e'lon qilindi. Bunday farmon qirollik saroyi Byurosi tomonidan chop etilgan bo‘lib, 12 dekabrdan boshlab kuchga kiradi.

Hujjatga ko‘ra, amnistiya nogiron-mahbuslar, shuningdek, onkologik, ruhiy va boshqa og‘ir kasalliklar bilan og‘rigan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Qamoqxonalarni 60 yoshdan oshgan kishilar ham tark etadi. O‘limga mahkum etilganlar jazosi esa umrbod ozodlikdan mahrum qilishga o‘zgartiriladi.

Amnistiya qancha kishiga nisbatan qo‘llanilishi oshkor etilmagan. 

Ma'lumot uchun, Rama X otasi Pumipon Adulyadetning o‘limidan 50 kun o‘tib – 1 dekabr kuni taxtga ko‘tarildi. 
 

Mavzuga oid
Top