Sport | 20:32 / 12.12.2016
9532
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Arsenal» stadioni tomiga chiqqan alpinistlar qidirilmoqda

Londonning «Arsenal» jamoasi xavfsizlik xizmati jamoa uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Emireyts» stadioni tomida begona shaxslar yurgani bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv boshladi. Shahardagi alpinistlar guruhi (DyingLlama) a'zolari arena tomiga chiqqan va bu holat videolari tarqalgan.

«Birinchi galdagi maqsadimiz muxlislarning xavfsizligini ta'minlash hisoblanadi. Biz «Emireyts»dagi xavfsizlik choralariga jiddiy e'tibor qaratamiz. Politsiya va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar hamkorligida bu hodisani tekshirishni boshladik», – deya londonliklar klubi vakilining so‘zlarini keltirgan Telegraph.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid