Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 dekabr kuni Turkiya va Rossiya TIV Halabga yordam ko‘rsatish masalasida uchrashishadi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi va razvedka vakillari 14 dekabr, chorshanba kuni Halab (Suriya) masalasida rossiyalik hamkasblari bilan uchrashishadi. U yerdagi 150 mingdan ortiq tinch aholi shafqatsiz rejim hujumlari fonida muxolifat tuzog‘ida qolgan. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.
Yuqori martabali turk amaldorining ta'kidlashicha, Anqara Halabdagi muxolifatni evakuatsiya qilishda yordam berish uchun AQSh, Eron, Rossiya, Yevroittifoq va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan ish olib bormoqda.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li seshanba kuni o‘zining chexiyalik hamkasbi Lyubomir Zaoralek bilan matbuot konferensiyasida chiqish qilib, Turkiyaning Suriya masalasida barcha tomonlar bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.
"Otishmalarga chek qo‘yishga doir kelishuv Halabdagi tinch aholi evakuatsiyasi uchun juda zarurdir. Jarohat olganlar muolajaga muhtoj, aholi och-nahor, insonparvarlik yordamlarini yetkazishning iloji yo‘q - Halab o‘z tarixida hech qachon hozirgidek johillikni ko‘rmagan", - dedi tashqi ishlar vaziri.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Asad rejimini Halabdagi tinch aholiga hujum qilishini darhol to‘xtatishga chaqirdi.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Asad rejimi Halabning sharqiy qismidagi asosiy infratuzilma obektlari, jumladan shifoxonalar, maktablar, elektr energiya va suv ta'minoti bo‘limlarini vayron qilgan.
"Endi rejim tinch aholiga qarata hujum qilmoqda va ularni ommaviy qatl qilmoqda, shaharni tark etishni xohlaganlarga esa imkon berilmayapti", - deyiladi manbada.
Turkiya TIV rahbari Sharqiy Halabdagi tinch aholiga bo‘lgan munosabatdan taajjubda ekanligini bildirdi va rejim tomonidan bunday harakatlarning amalga oshirilishi inson huqularini buzishini qo‘shimcha qilishdi. Bundan tashqari, u shoshilinch ravishda tinch aholini BMT nazorati ostida evakuatsiya qilish va insonparvarlik yordamini yo‘lga qo‘yish zaruratini ta'kidladi.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026