Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik haydovchilar yilning eng yaxshi dvigatellarini tanlashdi
Foto: Getty Images
Amerikaning Wardʼs Auto nashri «Yilning Top-10 eng yaxshi dvigateli»ni e'lon qildi. Ushbu ro‘yxatning 23 yillik tarixi davomida ilk marotaba 8 silindrli motor g‘oliblar orasidan joy olmagan. Bundan tashqari, bironta ham havoli dvigatelga ishonch bildirilmagan.
Wardʼs Auto muharrirlari ikki oy mobaynida avtomobillarni sinab, o‘rtacha yonilg‘i sarfi, titrash va shovqin darajasini o‘rganishgan. Bundan tashqari, ot kuchi, aylanish lahzasi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda boshqa jihatlariga e'tibor berilgan.
Shunday qilib, amerikaliklar ishonch bildirgan eng yaxshi motorlarga 7ta kuchaytirilgan va 3ta gibrid qurilmalar kiritilgan.
Demak, Wardʼs Auto jurnali tasnifi bo‘yicha eng yaxshi motorlar o‘nligi

Umuman, mutaxassislar 40ta avtomobil modelini o‘rganishgan, bunda eng arzonining narxi 62 ming dollardan oshmasligi shart qilingan edi. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi g‘oliblar ham yana bir bor kuchlarini sinab ko‘rgan.
«Bu yilgi tanlov natijalari, yana bir marotaba, ishlab chiqaruvchilarning dvigatellar hajmini kamaytirishga harakat qilayotganini ko‘rsatdi. Ular buning uchun turbokuchaytirish va elektr texnologiyalarini qo‘llamoqda», — deb qayd etgan Wardʼs Auto muharriri Dryu Uinter.
Mavzuga oid
23:12 / 11.05.2026
Tramp Eron takliflarini «axlat uyumi» deb atadi
22:10 / 11.05.2026
AQSh Kuba qirg‘oqlarida razvedka faoliyatini kuchaytirdi
18:21 / 11.05.2026
Trampning million dollarlik «oltin vizasi» badavlat xorijliklar orasida qiziqish uyg‘otmadi
16:39 / 11.05.2026