Tahlilda 2026 yil uçun dunyoning eng yirik 20 iqtisodiyoti ikki xil mezon — nominal YaIM va xarid qobiliyati pariteti böyiça taqqoslangan.

Nominal YaIM mamlakat iqtisodiyoti hajmini amaldagi valuta kurslari böyiça hisoblaydi va xalqaro iqtisodiy taqqoslaşlarda asosiy körsatkiç hisoblanadi. Uşbu mezonga köra, 2026 yilda AQŞ iqtisodiyoti 32,4 trillion dollarlik YaIM bilan dunyoda birinçi örinda qolmoqda.



Xitoy 20,9 trillion dollar bilan ikkinçi, Germaniya esa 5,5 trillion dollarlik iqtisodiyot bilan uçinçi örinni egallagan.

Xitoy sönggi ön yilliklarda jadal sanoatlaşuv va eksportga yönaltirilgan iqtisodiy modeli tufayli 2007 yilda Germaniyani, 2010 yilda esa Yaponiyani ortda qoldirib, nominal YaIM böyiça dunyoda ikkinçi öringa çiqqan. Biroq xarid qobiliyati pariteti böyiça u AQŞni ilk bor 2014 yildayoq ortda qoldirgan edi.

2026 yil prognozlariga köra, Xitoyning XQP böyiça YaIM 44,3 trillion dollarni taşkil etadi. Bu AQŞning şu körsatkiçi — 32,4 trillion dollardan 10 trillion dollardan ortiqqa yuqori.

Mutaxassislar bu farqni mamlakatlardagi narxlar darajasi bilan izohlaydi. Çunki bir dollar AQŞda sotib olişi mumkin bölgan tovar va xizmatlar hajmi Xitoy yoki Hindistondagiga nisbatan kamroq hisoblanadi. Şu sababli XQP böyiça hisob-kitoblarda Hindiston ham dunyodagi uçinçi yirik iqtisodiyot sifatida qayd etilgan.

Tahlilga köra, Xitoy, Hindiston va Indoneziya kabi rivojlanayotgan davlatlar yaşaş xarajatlari nisbatan past bölgani uçun XQP reytingida yuqoriroq örinlarni egallaydi. Ayrim davlatlar esa nominal YaIM böyiça kuçli yigirmatalikka kirsa-da, XQP böyiça bu röyxatdan çiqib ketadi.

Rossiya ham xarid qobiliyati pariteti böyiça sezilarli ösiş körsatadi. Mamlakatning XQP böyiça iqtisodiyoti 7,5 trillion dollarga baholanib, Yevropa davlatlari orasida birinçi öringa çiqadi. Bu körsatkiç nominal YaIMga nisbatan qariyb uç barobar yuqori ekani qayd etilgan.

Eng katta ösiş Indoneziya hisobiga töğri keladi. Mamlakat XQP böyiça 5,4 trillion dollarlik iqtisodiyot bilan dunyo reytingida bir yöla ön poğona yuqorilab, 17-örindan 7-öringa kötariladi.

Tahlil mualliflari ta’kidlaşiça, XQP körsatkiçi mamlakat içidagi iqtisodiy faollik va aholi turmuş darajasini baholaşda muhim ahamiyatga ega. Nominal YaIM esa xalqaro savdo, moliya bozorlari va davlatlarning global iqtisodiy ta’sirini baholaşda asosiy mezon bölib qolmoqda.

Şu bois iqtisodiyotning haqiqiy kölamini anglaş uçun har ikki körsatkiçni birgalikda tahlil qiliş eng töğri yondaşuv hisoblanadi.