Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada olmosdan ham qattiqroq modda yaratildi
Avstraliyalik olimlar olmosni takomillashtirib, uni yanada mustahkamroq qilishdi. Ushbu ish haqidagi hisobot Scientific Reports jurnalida chop etildi.
"Takomillashgan" olmos uchun asos sifatida lonsdeylit – 1966 yilda ochilgan geksagonal olmos olindi. U olmosdan 58 foizga qattiqroq hisoblanadi. Lonsdeylitni laboratoriya sharoitlarida olish ancha murakkabdir va shu sababli uning amaliy qo‘llanishi ehtimoli deyarli ozdir. Biroq olimlar lonsdeylitning nano o‘lchamdagi namunasini yarata oldilar va u original lonsdeylitdan qattiqroq chiqdi. Olimlar jamoasining taxminicha, bu olmosdan, misol uchun, konlarda juda qattiq moddalar va oddiy olmoslarni qirqish uchun foydalanish mumkin.
O‘ta qattiq olmosni grafitdan press qurilmasi yordamida yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Bu qurilmada bir-biriga qarama-qarshi ikkita olmos joylashtirilgan va ular yordamida Yer qa'ridagi bosimga o‘xshash juda katta bosim yaratiladi. Buning evaziga qurilmada 400 °S issiqliqda olmoslar yaratish mumkin. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, an'anaviy usullarda buning uchun 1000°S gacha harorat talab etiladi. Olimlar keyinroq olingan moddani sinovdan o‘tkazib, uning qattiqligini yanada aniqroq o‘rnatishmoqchi.