15:14 / 13.12.2016
11679

Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy bazasiga yangi qo‘mondon tayinlandi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya Qurolli kuchlarining Tojikiston respublikasidagi 201-harbiy bazasiga yangi qo‘mondon tayinlandi. General-mayor Oleg Mityayev 13 dekabrda Dushanbeda shaxsiy tarkibga tanishtirilgan. Bu haqda, Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshupkin TASS agentligiga ma'lum qilgan

"General Mityayev Omsk oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini, RF Qurolli kuchlari umumqo‘shin akademiyasini tamomlagan, havo-desant qo‘shinlarida xizmatni o‘tagan, vzvod komandiridan desant-hujum bo‘linmasi komandirigacha bo‘lgan xizmat pillapoyalaridan o‘tgan. Beshta davlat mukofoti bilan taqdirlangan, oilali, bir nafar qizi bor", - degan Roshupkin.

Bundan avval, ushbu harbiy bazaga qo‘mondonlik qilgan polkovnik Denis Lyamin Chelyabinsk viloyatida qayta tashkil etilgan 90-tank diviziyasiga rahbarlik qiladi. 

201-harbiy baza – Rossiyaning o‘z hududidan tashqarida joylashgan eng yirik harbiy qismidir. U Dushanbe va Qo‘rg‘ontepa shaharlarida joylashgan. 2012 yil oktabrida imzolangan kelishuvga binoan 2042 yilgacha faoliyat yuritadi. 

 

Top