Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponlar tungi chiroqlar sonidan YaIMni baholash usulini ixtiro qilishdi
Yaponiyaning Nowcast startapi moliyaviy tadqiqotlar olib borish instrumentlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. U yaqinda YaIMni tungi vaqtdagi yoritish darajasiga ko‘ra hisoblab chiqish texnologiyasini ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
Texnologiya sun'iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarning maxsus algoritmlar yordamida tungi yorug‘lik kuchini aniqlaydi va savdo hamda sanoat ishlab chiqarishiga oid statistika ma'lumotlarini jamlab, YaIM o‘zgarishini taxmin qiladi.
Endilikda, Nowcast Yaponiya, AQSh, Xitoy, Hindiston va Tayvan YaIMni fevral oyida hisoblab ko‘radi. Startap rahbari Riota Xayashining so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyada o‘tkazilgan ilk sinovlar yaxshi natijalar bergan. Tahlillar iqtisodchilarning taxminlariga qaraganda aniqroq bo‘lgan.
Nowcast’ning ta'kidlashicha, YaIMga oid aniq prognozlar sarmoyadorlarning moliyaviy xulosa chiqarishida yordam beradi.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
08:30 / 09.06.2026
O‘z davridan ming yillar oldin yaratilgan 8 texnologiya
20:36 / 06.06.2026