Jahon | 20:12 / 14.12.2016
11403
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada muhojirlarni deportatsiya qilish uchun mablag‘ yo‘qligiga shikoyat qilindi

Foto: © RIA

Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan muhojirlar uchun maxsus muassasalar to‘lib-toshib ketganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Uning aytishicha, bu holat muhojirlarni deportatsiya qilish uchun ajratiladigan byudjyet mablag‘larining yetishmayotgani bilan bog‘langan. Vazir bu haqda Federatsiya kengashidagi nutqida ma'lum qildi. 

Sud nozirlari federal xizmatiga ajratilgan 100 mln rubl 4 ming 428 xorijlikdan 1 ming 650 nafarini, ya'ni uchdan bir qisminigina Rossiyadan chiqarib yuborishga yetgan.

Kolokoltsev bu muassasalarning holati ularda odamlarni saqlab turish uchun qoniqarli darajada emasligini aytdi.

Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko deportatsiyani hududlarga xorijiy ishchilarga mehnat patentlarini sotishdan olinadigan daromadlardan foiz ajratish hisobiga moliyalashtirishni taklif qildi.

"Migratsiya markazlari to‘lib-toshgan, noqonuniy muhojirlardan ba'zilari ularda kurortlardagi kabi yarim yillab qolmoqda", deb aytgan Matviyenko va qonunbuzarlarning migratsiya markazlarida qolishi muddatini cheklashni muhokama qilish kerakligini taklif qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid