Ukraina sönggi kunlarda Rossiyaning Azov dengizi va Qrim yönalişidagi logistikasiga keng kölamli zarbalar berayotganini da’vo qilmoqda. Xabarlarga köra, qisqa vaqt içida önlab kemalar şikastlangan, neftni qayta işlaş zavodlari hamda yoqilği infratuzilmasi nişonga olingan.

Natijada Rossiyaning ayrim hududlarida benzin taqçilligi yuzaga kelib, yoqilği savdosiga çeklovlar joriy etildi. Uşbu voqealarning harbiy va iqtisodiy oqibatlari yuzasidan tahlilçilar öz qaraşlarini bildirdi.

Agar Ukraina haqiqatan ham tört kun içida 25 ta kemaga zarba bergan bölsa, bu Rossiyaning Qrimni nazorat qiliş va logistik imkoniyatlariga qanday ta’sir qiladi?

Şuhrat Rasul: Agar Rossiya–Ukraina uruşining bugungi bosqiçiga nazar taşlasak, Rossiya uçun vaziyat tobora murakkablaşib, inqirozli tus olyapti. Sönggi bir hafta içida Ukraina 20 dan ortiq neft taşuvçi kemaga zarba bergani aytilmoqda. Bu yerda bir jihatni aniqlaştiriş kerak, tankerlarning okean va daryo turlari mavjud. Okean tankerlari juda katta yuk siğimiga ega bölsa, daryo tankerlari nisbatan kiçikroq.

Şunga qaramay, ularning har biri örtaça 7–8 ming tonna neft yoki neft mahsulotlarini taşiy oladi.

Rossiyada sovet davridan qolgan ana şunday daryo tankerlari juda köp bölgan. Ularning bir qismi eskirgan, biroq keyingi yillarda yangilari ham qurildi. Masalan, yaqinda bir kunning özida çöktirildi, deyilayotgan 11 tankerdan törttasi 2006, 2009 va 2012 yillarda qurilgan nisbatan zamonaviy kemalar edi. Qrim oyiga taxminan 70 ming tonna benzin va boşqa yoqilği mahsulotlarini iste’mol qiladi.

Dastlab çöktirilgan ikki tankerning har biri qariyb 7 ming tonnadan yuk olib ketayotgan bölgan. Şundan söng yana töqqizta tanker jönatildi, biroq ular ham yöq qilindi. Umuman olganda, zarbaga uçragan kemalar taşiyotgan yoqilği hajmi Qrimning bir oylik ehtiyojiga yaqin edi. Gap aynan Azov dengizida harakatlangan daryo tankerlari haqida ketmoqda. Prezident Vladimir Putin Qrimni yoqilğisiz qoldirmaslik kerakligini ta’kidlagaç, yana öndan ortiq tanker yuborildi. Ammo ular ham keça va bugun yana zarbaga uçragani haqida xabarlar tarqalmoqda. Agar bu ma’lumotlar töğri bölsa, Qrimda benzin taqçilligi keskinlaşganini köriş mumkin.

Rossiyaliklarning özi ijtimoiy tarmoqlarda Simferopoldan videolar joylaştirmoqda.

Ularda şahar markazidagi yöllar odatdagidan ança böş ekani, avtomobillar soni keskin kamaygani körinadi. Bu Rossiyaning zamonaviy tarixida kam uçraydigan holat. Bu muammo qanday hal qilinişi mumkinligi hozirça aniq emas. Men vaziyatning yaqin orada yengillaşişini körmayapman. Aksinça, muammo çuqurlaşişi ehtimoli yuqori.