Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Poroshenkoni marhum turkmanboshiga qiyosladi
Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni turkmanboshi degan unvon olgan, Turkmanistonning marhum yetakchisi Safarmurot Niyozovga qiyosladi. Saakashvili shu tariqa Ukraina OAVdagi senzuraga izoh berdi. Bu haqda "Vesti" nashri xabar bermoqda.
Saakashvili oxirgi vaqtda uni efirga taklif qilishmayotganidan noligan. "Bunday vaziyat muqobil reallikni yaratgan, turkmanboshi bo‘lgan Turkmanistonda yuz beradi. "Agar sen televizorda chiqmasang – demak, sen yo‘qsan". Biroq kechirasiz, bizda Poroshenkomi yoki turkmanboshimi? Bizda maydandan keyingi Ukrainami yoki Turkmanistonmi?", deb achchiqlanib gapirgan siyosatchi.
Uning aytishicha, Ukraina telekanallari "bir kun ichida unga qiziqmay qo‘yishgan".
7 noyabrda Saakashvili gubernator lavozimidan ketishini e'lon qilgan. Ukraina prezidenti nafaqat uning iste'fosini qabul qilgan, balki maslahatchisi lavozimidan bo‘shatib yuborgan. Saakashvili iste'foga ketgach, siyosiy faoliyatini davom ettirishini va "Yangi kuchlar harakati" partiyasini yaratishini e'lon qilgan.
Safarmurot Niyozov vafotigacha, 1991 yildan 2006 yilgacha Turkmaniston prezidenti bo‘lgan, uning boshqaruvi tanqidchilar tomonidan fuqarolik erkinliklari va so‘z erkinligi cheklangan diktatura deb baholangan.
Mavzuga oid
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026