Ukraina monitoring kanallari ma’lumotiga köra, hujum 14 iyulga ötar keçasi amalga oşirilgan. Asosiy nişonlardan biri Boşqirdistondagi Rossiyaning eng yirik neft-kimyo korxonalaridan sanaluvçi «Gazprom neftexim Salavat» majmuasi bölgan. Korxona Ukraina çegarasidan taxminan 1500 kilometr uzoqlikda joylaşgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda zavod hududida kuçli yonğin va tutun kötarilgani aks etgan. Astra naşri guvohlar tomonidan olingan tasvirlarni tahlil qilib, korxona hududida bir neça portlaşlar sodir bölganini tasdiqladi.

Supernova kanali dastlabki ma’lumotlarga tayanib, zarba neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasi — AVT-6 hamda yuqori ziçlikdagi polietilen işlab çiqaruvçi 20-sexga tekkanini xabar qildi.

Tahlilçi Vyaçeslav Şiryayevning ta’kidlaşiça, «Gazprom neftexim Salavat» 2026 yil davomida Ukraina hujumlariga uçramagan yagona yirik benzin işlab çiqaruvçi korxona bölib kelgan. Uning hisob-kitoblariga köra, mazkur hujum içki bozorga har kuni yetkazib beriladigan taxminan 11 ming tonna yonilği ta’minotiga ta’sir qilişi mumkin. Bu Rossiyaning umumiy yoqilği ehtiyojining qariyb 5 foiziga teng.

Korxona avval ham hujumlarga nişon bölgan. Xususan, 2025 yil sentabr oyida ikki marta dronlar hujumi qayd etilgan. Zavod benzin, dizel yonilğisi, aviatsiya kerosini, suyultirilgan gaz, ammiak, karbamid va boşqa neft-kimyo mahsulotlarini işlab çiqaradi. 2024 yilda u yerda 7,2 million tonna neft qayta işlangan.

Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov sanoat hududiga hujum bölganini tasdiqlagan. Uning aytişiça, dronlar havoda yöq qilingan, yonğinlar esa ularning qoldiqlari yerga tuşişi natijasida kelib çiqqan.

Hujumning ikkinçi nişon sifatida Krasnodar ölkasidagi Afip neftni qayta işlaş zavodi tanlangan. Mahalliy tezkor ştab ma’lumotiga köra, yarim tun atrofida portlaşlar sodir bölgan va şundan söng korxona hududida kuçli yonğin boşlangan. Astra ma’lumotiga köra, yonğin asosan neft saqlanadigan rezervuarlar joylaşgan hududni qamrab olgan.

Afip NQZ janubiy Rossiyadagi yirik neftni qayta işlaş korxonalaridan biri hisoblanadi. Bu yerda benzin, dizel yonilğisi, gaz kondensati distillyatlari, oğir neft mahsulotlari hamda oltingugurt işlab çiqariladi. Korxona mahsulotlarining salmoqli qismi eksportga yönaltiriladi. Uşbu zavodga avvalgi hujum 11 iyunga ötar keçasi amalga oşirilgan edi.

Krasnodar ölkasining Seversk tumanida dron qoldiqlari tuşişi oqibatida bir kişi jarohat olib, şifoxonaga yotqizilgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Afipskiy posyolkasi, Smolenskaya stanitsasi va Kovalenko xutorida jami 16 ta manzilda dron parçalari aniqlangan. Bir neçta turar joy va temiryöl kesişmasi yaqinidagi bino şikastlangan. Şuningdek, ikki sanoat korxonasi hududiga dron qoldiqlari tuşgan bölib, ulardan birida yonğin çiqqan.