Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL, 16-tur. "Chelsi"ning ketma-ket 10-g‘alabasi, "MYu"dan irodali g‘alaba va boshqa uchrashuvlar
Foto: Twitter/ManUtd_Es
APLning 16-turida “Chelsi” safarda “Sanderlend” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni 40-daqiqada Sesk Fabregas kiritdi.
Shu tariqa, Antonio Konte shogirdlari APLda qatorasiga 10ta o‘yinda g‘alaba qozonib, eng yaqin ta'qibchilaridan 6 ochko oldinlab ketdi.
Sanderlend – Chelsi 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 40 Fabregas.
Ogohlantirishlar: Defo (43), O′Shi (45), Pedro (56), Borini (72), Mozes (90).
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” safarda “Midlsbro” ustidan yirik 0:3 hisobdagi g‘alabaga erishdi.
Mehmonlar safida Lallana dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Divok Origi kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu g‘alabadan so‘ng “Liverpul” 34 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 2-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.
Midlsbro – Liverpul 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 29 Lallana, 0:2 – 60 Origi, 0:3 – 68 Lallana.
Ogohlantirish: Gibson (69).
“Manchester Siti” esa o‘z uyida “Uotford”ni qabul qildi hamda Sabaleta va Silvaning goli evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Manchester Siti – Uotford 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Sabaleta, 2:0 – 86 Silva.
Ogohlantirishlar: Predl (21), Kapu (73), Sabaleta (75).
“Kristal Pelas” maydoniga safar qilgan “Manchester Yunayted” irodali g‘alabaga erishdi. Dastlab Pogba mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalari Makartur oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Uchrashuvning 88-daqiqasi Ibrahimovich gol kiritib, jamoasiga 3 ochko olib berdi.
Kristal Pelas – Manchester Yunayted 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 45 Pogba, 1:1 – 66 Makartur, 1:2 – 88 Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Roxo (38), Kelli (45), Pogba (70), Dileyni (72), Reshford (84).
Qolgan uchrashuvda quyidagi natijalar qayd etildi:
Tottenhem – Hall Siti 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 14 Eriksen, 2:0 – 63 Eriksen, 3:0 – 73 Vanyama.
Ogohlantirishlar: Maguayr (18), Devis (59).
Stok Siti – Sauthempton 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Romeu (27), Allen (34), Uord-Prouz (90).
Chetlatish: Arnautovich (23).
Vest Bromvich – Suonsi 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 50 Rondon, 2:0 – 61 Rondon, 3:0 – 63 Rondon, 3:1 – 78 Rautlej.
Vest Hem – Bernli 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Nobl.
Ogohlantirishlar: Mi (62), Xendrik (72).
Mavzuga oid
11:48 / 14.04.2026
«MYu» Kerrik boshqaruvi davrida ilk bor uyda yutqazdi
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
18:39 / 04.04.2026
Abduqodir Husanov navbatdagi kubokka bir qadam yaqinlashdi
22:18 / 01.04.2026