Jahon | 22:44 / 15.12.2016
6327
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Halab aholisini qabul qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Turkiya Halab aholisini qabul qilishga tayyor, deb ma'lum qilmoqda mamlakat TIV matbuot kotibi Husayin Mo‘ftio‘g‘li.

Bu bilan bog‘liq hech qanday muammolar yo‘q, ammo biz bu odamlar o‘z vatanlarida, o‘z mamlakatlarida qolishni istar edik, deb o‘tgan matbuot kotibi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Halabdagi vaziyat diplomatik chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaramay, unda harakat qilayotgan turli guruhlar faoliyati sabab murakkabligicha qolmoqda.

«Halabda turli kuchlar harakat qilmoqda. Shu sabab u yerdagi vaziyat juda og‘ir», - degan Mo‘ftio‘g‘li.
 

 

Mavzuga oid