Turkiyadagi maktab ta’limi dasturlariga Özbekiston bilan döstlik aloqalarini mustahkamlovçi ma’lumotlar kiritildi. Bu haqda Turkiya Respublikasi milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin ma’lum qildi.
“Turkiya bilan Özbekiston – dunyodagi eng yaxşi döst bölgan ikki davlat sifatida ta’riflanişi mumkin. Biz ham hurmatli prezidentimiz Rajab Toyyib Erdöğanning körsatmalari doirasida Turkiya bilan Özbekiston xalqlari örtasidagi, Turkiya davlati bilan Özbekiston Respublikasi örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, kelajak avlodlarga yanada kuçli birodarlik muhitini qoldiriş uçun jadal sa’y-harakat içidamiz.
Şu doirada biz maktablarning 1-sinfidan to 12-sinfigaça bölgan barça sinflarda bu döstlikning barqarorligiga hissa qöşadigan, bu döstlikni mustahkamlaydigan ma’lumotlarga, izohlarga va tahlillarga örin berişga harakat qildik”, – deydi Yusuf Tekin.

Turk vaziri Kun.uz'ga taqdim etilgan intervyusida prezident Mirziyoyevning 2026 yil yanvar oyida Turkiyaga taşrifini ham eslab ötgan. Taşrif doirasida Turkiyaning zilziladan jabr körgan Hatay viloyatida Özbekiston tomonidan barpo etilgan “Özbekiston” turar joy majmuasi oçilgan, Istanbulda esa özbek maktabi qurilişiga start berilgandi.
“Özbekistondagi turk maktablarimizning joyi bilan boğliq bir muammomiz bor edi, taşrif doirasida uni ham hal qildik. Şuningdek, Özbekiston ta’lim tizimi va Özbekistonning öquv dasturiga köra ta’lim beriladigan xorijdagi ilk özbek maktabini Istanbulda oçişga qaror qildik va ularga ajratilgan yerda tamal toşini qöyiş marosimini ikki hurmatli prezidentlarimiz iştirokida ötkazdik.
Men bu munosabatlarning inşaalloh bundan keyin ham yanada yuqori darajaga kötarilişiga, kelajak avlodlar, nabiralarimiz bu munosabatlarni bizdan ham köra jöşqinroq davom ettirişiga işonçim komil. Özbek–turk döstligining abadiy davom etişini, butun dunyodagi döstlik munosabatlariga namuna böladigan tarzda mustahkamlanişini tilayman”, – deydi Turkiya milliy ta’lim vaziri.
Avvalroq, Yusuf Tekin Samarqanddagi YuNeSKO sammiti munosabati bilan Özbekistonga safari taassurotlari bilan örtoqlaşgan edi

















