Turkiyada öqotar qurolga egalik qilişni çeklaydigan çoralar köriladi, şuningdek, qurol egalari uçun jazolar yanada kuçaytiriladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma’lum qildi.

Tegişli çoralar ötgan hafta mahalliy maktablarda sodir bölgan ikki otişma hodisasidan keyin e’lon qilindi.

«Maktablarimizda xavfsizlikni ta’minlaş bizning eng ustuvor vazifamizdir. Bu masalada hozir ham, kelajakda ham heç qanday yon beriş bölmaydi. Biz öqotar qurol egalari, agar ular uni xavfsiz saqlaş va muhofaza qiliş böyiça öz majburiyatlarini bajarmasa, ularga nisbatan jazolarni kuçaytiramiz. Şuningdek, qurolga egalik qilişni çeklaydigan qöşimça huquqiy me’yorlarni joriy etamiz», — dedi Turkiya yetakçisi.

Erdöğanning aytişiça, Qahramonmaraş viloyatidagi maktabda sodir bölgan hodisa oqibatida töqqiz kişi halok bölgan, 21 kişi jarohat olgan. Şu mintaqadagi Şanliurfa viloyati maktabida esa 19 kişi yaralangan.

«Ijtimoiy tarmoqlar va raqamli kommunikatsiya platformalarida yolğon, manipulyativ va zararli kontent tarqatayotgan akkauntlarga nisbatan zarur çoralarni kördik», — dedi u.

Turkiya prezidentining sözlariga köra, mamlakat hukumati virtual patrullaşni kuçaytiriş va huquqni muhofaza qiluvçi organlarning kiberxavfsizlik sohasidagi salohiyatini mustahkamlaş niyatida.