Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘lim jazosi ijrosi vaqtida tirik qolgan amerikalik takroran qatl etiladigan bo‘ldi
AQSh Oliy sudi 2009 yilda qatl etish vaqtida tirik qolgan 60 yoshli Romell Brumning shikoyatini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.
Ta'kidlanishicha, Brum 14 yoshli qizning nomusiga tekkani uchun 1984 yilda o‘lim jazosiga mahkum qilingan. Mahbus Ogayoda qatl etilayotgan vaqtda turma xodimlari unga o‘limga olib keluvchi inʼeksiyani kiritish uchun 2 soatga yaqin vaqt sarflashgan, biroq bu kutilgan natijaga olib kelmagan. Mahbus oyoq-qo‘llarining turli joylariga 18 marta igna sanchilgan. Ba'zi holatlarda turma xodimlari shunchalik berilib ketishganki, ignani mahbusning suyaklarigacha botirib yuborishgan va bu kuchli og‘riq bergan.
Qatl muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin, Brumning advokatlari bir jinoyat uchun hech kim ikki marotaba jazolanmasligi haqidagi qonunga ko‘ra, jazo hukmi ustidan shikoyat qilishgan. Advokatlar mahbusni takroran qatl etish inson bilan berahm muomalada bo‘lish kabi baholanishi kerakligini ta'kidlashgan.
Shikoyat dastlab Ogayo shtati oliy sudida ko‘rib chiqilgan va sud 2009 yilda Brum deyarli qatl etilmagani, ya'ni o‘limga olib keluvchi inʼeksiya tarkibiga kirgan vositalar unga ta'sir qilmaganini aytib, shikoyatni rad etgan.
Bugungi kunda AQShning 31 shtatida o‘lim jazosi amal qiladi. Biroq ko‘p qatllar ulardan bir nechtasi – Texas, Alabama, Missuri, Florida va Jorjiya shtatlariga to‘g‘ri keladi.
Sky News ma'lumotlariga ko‘ra, Brum qatl vaqtida tirik qolgan AQShdagi ikkinchi mahbusdir. 1946 yilda Luiziana shtatida 18 yoshli Uilli Frensisni birinchi urinishda qatl etishning uddasidan chiqilmagan. Qatlni ijro etishda turma qo‘riqchisi va boshqa bir mahbus ishtirok etgan. Ular mast holatda bo‘lganlari sababli elektr stulni noto‘g‘ri ulab qo‘yishgan. Biroq Frensis bir yil o‘tgach baribir qatl etilgan.
Mavzuga oid
22:21 / 09.12.2025
Xitoy moliya kompaniyasining sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun qatl etildi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
18:21 / 25.06.2025
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan uch kishi qatl etildi
19:21 / 17.02.2025