Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Chjuxay shahrida ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijalaridan norozi bo‘lib mashinasini odamlar ustiga haydagan shaxs qatl etildi. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 43 kishi jarohat olgan edi.

Foto: Reuters
2024 yil noyabr oyida Xitoyning Chjuxay shahrida yo‘ltanlamasda piyodalarni bosib ketgan Fan Veytsyu ismli 62 yoshli haydovchi qatl etildi, deb xabar beradi South China Morning Post (SCMP).
Xitoy fuqarosiga hukm 27 dekabrda chiqarilgan. Sudning hisoblashicha, Fan Veytsyu «jamoat xavfsizligiga tahdid solgan». U «dahshatli» va «shafqatsiz» jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 43 kishi jarohat olgandi.
Fan Veytsyu mashinasini 11 noyabr kuni Chjuxaydagi sport markazi atrofida bo‘lgan odamlar ustiga haydagan edi. Haydovchi jinoyat sodir etilgan joydan yashirinishga uringan, ammo politsiya tomonidan ushlangan.
SCMP’ning ma’lum qilishicha, Fan Veytsyu odamlar ustiga mashina haydaganidan keyin o‘ziga yetkazilgan jarohat oqibatida shifoxonaga yotqizilgan. U o‘z joniga qasd qilishga uringan. OAVga ko‘ra, erkak ajrashganidan keyingi mulkiy mojaro natijalaridan norozi holatda yugurish yo‘lakchasidagi odamlar ustiga mashinasini katta tezlikda haydashga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Orlean markazida yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga mashina haydalishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohat olgandi. Hujum qilgan shaxs o‘ldirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025