Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duterte AQSh qo‘shinlariga Filippinni tark etishni tavsiya qildi
Foto: Getty Images
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Vashingtonga Filippinda qo‘shinlarni joylashtirish va mashg‘ulot o‘tkazishga imkon beruvchi AQSh bilan harbiy kelishuvni bekor qilmoqchiligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Duterte AQShning Filippinga nochorlikka qarshi kurash dasturini to‘xtatish qaroriga javoban Filippin "AQSh pullarisiz ham yashay olishini" aytdi.
"Siz bizga kerakmassiz", deb aytdi Duterte va Vashingtonga mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi.
Avvalroq AQSh hukumati Dutertening siyosatidan xavotirlayotgani sababli Filippinga moliyaviy ko‘mak berishni uzaytirmasligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:33 / 28.05.2026
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026