Jahon | 21:56 / 16.12.2016
20855
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi urush Jahon merosi ro‘yxatiga kiruvchi Katta Masjidni ham ayamadi (fotohisobot)

Foto: Reuters

Halabdagi Katta Masjidning ("Masjiyd-ul-kabir") so‘nggi suratlari bugungi kunda Asad rejimi tomonidan tashkillashtirilgan yovuzliklar va bombardimonlar maydoniga aylangan shahardagi vayronagarchilik ko‘lamidan dalolat beradi. Bu haqida Daily Sabah nashri ma'lum qildi. 715 yilda Halabda qurilgan ushbu Katta  Masjid Ummaviylar masjidi sifatida ham mashhur. U qadimdan islom sivilizatsiyasi va madaniyatining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. 

Masjid me'morchiligi Sharq va G‘arb madaniyati elementlarini uyg‘unlashtirib, mintaqaning ko‘hna va boy tarixini o‘zida aks ettiradi. Katta Masjid 1986 yilda YuNeSKO Jahon merosi obekti sifatida qayd etilgan qadimiy Halab hududining bir qismi hisoblanadi. Suriyada davom etib kelayotgan fuqarolik urushi va Asad rejimi Katta masjidni ham ayab o‘tirmadi. Masjid minorasi 2013 yilda Asad rejimi hujumi natijasida vayron bo‘lgan. So‘nggi suratlar Jahon merosi ro‘yxatiga kirgan obidaga yanada katta ziyon yetganini ko‘rsatmoqda. 

Halab Suriyadagi fuqarolik urushining eng qaynoq hududlaridan biri hisoblanadi. Asadning rejimi Suriyadagi taxminan 600 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, bularning aksariyati bombardimon, otishmalar va kimyoviy hujumlar natijasida o‘ldirilgan tinch aholi qatlamidir. Shunday bo‘lsa-da, Asad rejimi kuchlari so‘nggi paytlarda Rossiya havo kuchlari hamda Eronning quruqlikdagi minglab shia jangarilari yordamida Halabni qo‘lga olgan muxolifatga qarshi sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid