O‘zbekiston | 10:11 / 16.12.2016
5649
1 daqiqa o‘qiladi

The English Manner odob-axloq maktabi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochadi

Foto: Uzdaily

Buyuk Britaniya odob-axloq maktabi The English Manner 2017 yil yanvarda O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi.

Nodavlat ta'lim muassasasi Intelligent Perception maktabini O‘zbekistonda taqdim qilish huquqini oldi.

Maktabning mijozlari orasida qirollik va zodagon oilalar vakillari, diplomatlar, yetakchi xalqaro maktablar, universitetlar, Chopard, Chanel, Louis Vuitton, Maserati kabi kompaniyalar bor.

Maktabda 6 yoshdan boshlab katta yoshgacha bo‘lgan turli yoshdagi odamlar uchun odob-axloq va xushfe'llik kurslari o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 10-15 kishilik guruhlar tarzida yoki yakka tartibda olib boriladi.

Shuningdek, xorijga chiqish bilan korporativ treninglar tashkillashtiriladi. O‘qishni ham O‘zbekistonda, ham Buyuk Britaniyada o‘tkazish mumkin. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga The English Manner tomonidan tasdiqlangan sertifikat taqdim qilinadi.

Intelligent Perception ma'lumotlariga ko‘ra, kurslarning boshlanishi 2017 yil fevraliga belgilangan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid