Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ikki yashar qizchaga jarohat yetkazgani tufayli 448 kishi sudga tortildi
Xitoyda ko‘p qavatli uyning derazasidan tashlab yuborilgan shisha idish tufayli ikki yashar qizcha jarohatlandi. Sud shu uyda yashovchi barcha 448 nafar kishini qizchaning onasiga kompensatsiya to‘lashga hukm chiqardi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.
Voqea qizcha hovlida o‘ynab yurganida sodir bo‘ldi. Shisha idish qizchaning boshiga tekkan va bosh suyagini sindirgan. Zarba natijasida qiz hushidan ketdi va og‘ir holatda shifoxonaga yotqizildi. Qizchaning davolanishiga uning oilasi 80 ming yuan sarfladi.
Ota-ona bu ishni kim qilganini bilishga harakat qildi, ammo buni aniqlay olmagach, 300 ming yuan da'vo bilan ko‘p qavatli uyda yashovchi barchani sudga berdi.
Sud ularning har biri 360 yuan miqdorida kompensatsiya to‘lashi haqida hukm chiqardi. Gazetaning yozishicha, sudda qatnashgan odamlar bunga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
09:01 / 09.07.2026
Ayrim harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshadi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026