«Dunyo» axborot agentligi ma’lum qilişiça, Xitoy fuqarosi bilan turmuş qurgan hamyurtimiz T.M. ayni paytda Xebey provinsiyasida yaşab, ikki nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda. Unda kökrak bezi saratoni aniqlangani munosabati bilan Özbekiston diplomatlari uning holatini alohida nazoratga olgan.

Diplomatik vakolatxona xodimlari bemor davolanayotgan tibbiyot muassasasi bilan muzokaralar ötkazib, muhim tibbiy muolajalar narxini kamaytirişga erişdi. Ma’lum qilinişiça, fuqaroga 16 bosqiçdan iborat kimyoterapiya kursi tayinlangan.

Şuningdek, vaziyatning humanitar jihatiga ham e’tibor qaratildi. Qayd etilişiça, vatandoş qariyb yetti yil davomida Andijon şahrida yaşovçi onasi bilan uçraşa olmagan. Diplomatik missiya kömagida aviaçipta xarid qilinib, onasining Toşkent–Pekin–Toşkent yönalişi böyiça safari taşkil etildi. Şu tariqa uzoq kutilgan oilaviy uçraşuv ta’minlandi.

Diplomatik vakolatxona xodimlari fuqaroning yaşaş va davolaniş joyiga taşrif buyurib, uning ahvolidan xabar oldi hamda ma’naviy qöllab-quvvatladi.

Bundan taşqari, Xebey provinsiyasida Xitoy fuqarolariga turmuşga çiqqan 20 nafarga yaqin özbekistonlik ayol iştirokida uçraşuv ötkazildi. Tadbirda ularga Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan davlat siyosati va konsullik xizmatlari haqida ma’lumot berildi.

Diplomatlar xorijdagi Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, xotin-qizlarni manzilli qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşiş doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.