23:03 / 18.12.2016
4976

«Arsenal» «Manchester Siti»ga yutqazib, 4-o‘ringa qaytdi

Angliya chempionatining 17-turi doirasida «Manchester Siti» «Arsenal»ni qabul qildi.

O‘yin debyutida mehmonlar Uolkottning aniq harakati evaziga hisobni ochishdi, ammo ikkinchi bo‘lim debyutida Sane urgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada esa mezbonlarning boshqa bir vingeri Sterling hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Endilikda «Manchester Siti» ochkolari sonini 36taga yetkazib, turnir jadvalida«Arsenal»ni quvib o‘tgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan londonliklar 34 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.

Turning yana bir uchrashuvida «Tottenhem» «Byornli»ni qabul qildi va 2:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

«Tottenhem» 33 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘ringa joylashgan. «Byornli» 17 ochko bilan 16-o‘rinda.

Manchester Siti – Arsenal 2:1
Gollar: 0:1 – 5 Uolkott, 1:1 – 47 Sane, 2:1 – 71 Sterling.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Klishi, Sabaleta (Sanya, 46), Kolarov, Sterling, Sane (Navas, 76), Silva, Ture, de Bryuyne (Ixeanacho, 84), Fernando.
Arsenal – Chex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Uolkott, Koklen (Jiru, 75), Sanches, O‘zil, Ivobi (Oksleyd-Chemberlen, 65; El-Nenni, 78), Chaka.
Ogohlantirishlar: Silva (38), Ture (51), de Bryuyne (80), El-Nenni (88).

Tottenhem – Bernli 2:1
Gollar: 0:1 – 21 Barns, 1:1 – 27 Alli, 2:1 – 71 Rouz.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Rouz (Devis, 77), Uoker, Dembele (Sissoko, 63), Vanyama, Dayyer, Alli (Son Xyn Min, 73), Uinks, Eriksen, Keyn.
Bernli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Kaytli, 83), Xendrik, Marni (Defur, 84), Arfild, Barns (Vouks, 80), Grey.
Ogohlantirishlar: Barns (28), Sissoko (70).

Top