Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti AQSh tomondan ko‘makning to‘xtalishini tanqid qildi
Foto: AP
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShning Filippinga yordam berishni to‘xtatish rejalarini tanqid qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
"Qonga qon, jonga jon. Agar siz buni qila olsangiz, biz ham shunday qila olamiz. Bu bir darvozaga o‘ynash emas. Xayr-Xayr, Amerika", deb aytgan Duterte.
Avvalroq AQSh Dutertening siyosati yuzasidan xavotirlanayotgani sababli Filippinga moliyaviy yordamni uzaytirmasligi ma'lum bo‘lgandi. Duterte bunga javoban Filippin "AQSh pulisiz ham yashay olishini" aytgan va Filippindagi AQSh qo‘shinlariga mamlakatni tark etishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
21:33
AQSh va Eron 60 kunlik sulhni kelishdi, biroq Tramp hali uni ma’qullamadi
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
20:26 / 27.05.2026
Zelenskiy Trampga xat yozib, Ukrainani Rossiya raketalaridan himoya qilishni so‘radi
10:25 / 27.05.2026