15:53 / 18.12.2016
7677

La Liga prezidenti: Ronaldu soliq qonunlarini buzmaganiga ishonaman

La Liga prezidenti Xaver Tebas «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliq idoralari bilan yuzaga kelgan vaziyatga munosabatini bildirdi.

«Ishonamanki, Ronaldu soliq qonunlarini buzmagan, bu voqea tez orada nihoyasiga yetadi.

Ronaldu Ispaniyada ko‘p soliq to‘laydi, u o‘zining majburiyatlarini biladi. U juda muhim o‘yinchi va biz uning La Ligada uzoq vaqt o‘ynashini istaymiz.

Ronalduda, xuddi Messi kabi uzoq vaqtdan buyon yaxshi ishlab kelayotgan ma'lum korporativ tuzilma bor.

Qandaydir shubhalar uyg‘onganda, u o‘z xohishi bilan masalani qonuniy hal qiladi», deya Tebasning so‘zlarini keltirgan Marca.

Bundan oldinroq, Ronaldu o‘zining reklamadan ko‘rgan daromadlarini soliqdan yashirish maqsadida offshor kompaniyalardan foydalangani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Unga ko‘ra, 2009 – 2014 yillar davomida Ronaldu Britaniya Virjiniyasi orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tollin kompaniyasi orqali 74,8 mln yevro daromadni o‘tkazgan va Ispaniya xazinasiga faqat qisman soliq to‘lagan.

Top